Ish hujjatlari va rasmiy blankalar endi davlat tilida amalga oshiriladi

20:12 17 Sentyabr 2021 Jamiyat
1070 0

Soʻngi yillarda Davlat rahbari boshchiligidagi islohotlarda ona tilimizga hurmat, uni rivojlantirish, davlat idoralarida aynan ona tilida ish yuritish bilan bogʻliq jiddiy masala koʻpchilikni quvontirdi.

Xabaringiz bor Prezident tomonidan 2021-yil 12-iyulda “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida davlat tilining qoʻllanishini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gifarmoyishi imzolandi.

Ushbu farmoyish bilan Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida davlat tilining qoʻllanishini kengaytirish, ularning kundalik faoliyatida davlat tilidan toʻgʻri va toʻliq foydalanish, 2021-yil 1-avgust kuniga qadar barcha ish yuritish hujjatlari va turli blankalarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtkazishni bosqichma-bosqich taʼminlash nazarda tutilgan. Belgilab berilgan koʻrsatmalarga muvofiq bugun tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimida ish hujjatlari va rasmiy blankalar lotin yozuvida rasmiylashtirilishi holati oʻrganildi. Oʻrganish davomida quyidagilar aniqlandi.

Jumladan boʻlimdagi ish hujjatlari va rasmiy blankalar, shuningdek, yuqori turuvchi tashkilotlardan keladigan xatlar hamda yozishmalar toʻliq davlat tilida amalga oshirilgan boʻlsada ammo matnlarda imlo qoidalariga rioya qilinmaganligi, xatoliklarga yoʻl qoʻyilganlik holatlariga duch kelindi. Bu kabi xatoliklar devorlarda ilib qoʻyilgan eʼlonlar hamda koʻrgazmali axborot matnlarda ham mavjud. Mutaxassislar tomonidan aniqlab, koʻrsatib oʻtilgan xato va kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etildi.

Aslida har bir davlat xizmatchisi kundalik ish faoliyati davomida qanchadan-qancha xat va hisobotlar yozadi yoki boʻlmasam yozdiradi. Bundan keyin barchadan davlat tilida ish yuritish talab etiladi.
Yusuf NASULLAYEV,
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, 
davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash 
masalalari boʻyicha maslahatchisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?