Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak?

Ushbu savolga AOKAdagi brifingda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi Baxtiyor Gʻulomov quyidagicha javob berdi:
— Bu masala qoʻmitaga taalluqlilik darajasi yuqori boʻlmasa-da, har yilgi oʻrganishlarga koʻra, bunga asosiy sabab — koʻp xonadonli uylarda issiqlik yetkazib berish tizimining umuman yaroqsiz holga kelganidir.
Yaʼni koʻp xonadonli uylarda isitish yetkazib berilmasligi natijasida xonadonlarda oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgan qoʻlbola isitish pechlaridan foydalanish: uyda gaz yoqish, ovqat pishirish jarayonida bosim pasayishi va hatto uzilish holatlari.
Aholi kechasi bu moslamalarni qarovsiz, yaʼni yoniq qoldirishi oqibatida is gazidan emas, gazning oʻzidan zaharlanadi.
Yana bir sabab — zaharlanmaganda ham, ertalab gaz oʻchib, qayta gaz kelishi tufayli uxlab yotgan kishi uyqusirab chiroqni yoqadi. Natijada uchqundan chatnash, portlash sodir boʻladi.
Is gaziga toʻxtaladigan boʻlsak, bosim pasaysa-pasaymasa ham, olov yonib turaveradi. Xona shamollatilmaydi, havo kirmaydi, yaʼni sovuq kirmasin deb eshik-oynalar yopib oʻtiriladi. Shunda xonada gaz konsentratsiyasi koʻpayib, kislorod kamayib ketadi va oʻpkada asfiksiya degan hodisa roʻy beradi.
Is gazi konsentratsiyasidan atigi ikki marta nafas olgandayoq, shuning oʻzi odam hayotdan koʻz yumishiga yetarli boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring