Iroq urushi AQSHning kamida bir avlodi qudratiga putur yetkazdi

00:47 20 Mart 2023 Dunyo
767 0

Foto: foto-history.livejournal.com

Iroq urushi 2001-yilning 11-sentyabr kuni AQSHda amalga oshirilgan terrorchilik hujumlaridan keyin AQSHning maʼnaviy obroʻsiga putur yetkazgan.

Xavfsizlik sohasida ekspert Robert Farli “19FortyFive” uchun yozgan maqolasida Vashington uchun ushbu mojaroning ahamiyatini haqida fikr bildirib, Iroq urushi AQSHning kamida bir avlodi qudratiga putur yetkazganini qayd etdi.

“Qoʻshma Shtatlarning bu “xoʻrlik”dan omon qolgani siyosatning donoligidan emas, balki ularning boyligi va qudratidan dalolat beradi. Urush 2001-yilning 11-sentyabr kuni AQSHda amalga oshirilgan terrorchilik hujumlaridan keyin Qoʻshma Shtatlar ega boʻlgan maʼnaviy obroʻga putur yetkazdi. AQSHning butun dunyo bilan munosabatlarini zaharladi va, albatta, Amerikaning gʻazabiga uchragan Iroqqa halokatli zarar yetkazdi», deyiladi maqolada.

Xususan, Iroqqa bostirib kirish AQSHning Turkiya bilan munosabatlariga jiddiy putur yetkazdi. Anqara kurdlarni milliy xavfsizlikning muhim tahdidi deb hisoblagan, Vashingtonning aralashuvi esa Turkiyaning bu sohalardagi tashqi siyosatidagi imtiyozlariga putur yetkazgan. Bu ikki tomonlama munosabatlarda bugungi kungacha saqlanib kelayotgan muammolarga olib keldi.

Qolaversa, urush Iroqqa ham jismoniy vayronagarchilik, ham siyosiy madaniyat nuqtayi nazaridan zarar yetkazdi.

Maqola muallifining qayd etishicha, mamlakat rasman demokratik, ammo bugungi kunda Iroq subyekt sifatida emas, balki koʻproq taʼsir obyekti sifatida qaralmoqda. Uning fikricha, Iroq jamiyati ikkiga boʻlingan, sunniylar va shialar oʻrtasida katta taranglik, shuningdek, kurd shimolining virtual mustaqilligi mavjud.

Avvalroq, Yevroparlament AQSHning Iroqdagi harbiy jinoyatlarini eslatgan edi. Millionlab tinch aholining hayotiga zomin boʻlgan Iroqdagi urushdan beri 20 yil oʻtdi, biroq AQSHning sobiq prezidenti Jorj Bush va Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bleyr jazolanmadi, deb eslab oʻtdi Irlandiya parlamenti deputati Mik Uolles.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?