Iroq Yevropaga gaz va neft yetkazib berishni moʻljallamoqda

Foto: Depositphotos
Iroq neft va gaz konlarini oʻzlashtirishga sarmoya kiritish, soʻngra Yevropa davlatlariga yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish niyatida.
Bu haqda Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn Bryusseldagi matbuot anjumani chogʻida aytib oʻtdi.
“Biz hamkorlikning turli mavzularini, jumladan, gaz va neft sohalarini muhokama qilamiz. Allaqachon neft ishlab chiqaruvchi davlatga aylangan Iroq ham gaz ishlab chiqaruvchi davlatga ham aylanadi”, dedi Husayn.
Iroq TIV rahbarining soʻzlariga koʻra, mamlakat energiya resurslaridan avvalo ichki bozorda foydalanish niyatida, shundan soʻng boshqa davlatlarga eksport qilish niyatida.
Avvalroq Iroq va Eron chegara xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan kelishuvni imzolagan edi, deyiladi Iroq bosh vazirligi idorasi va Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi qoʻshma bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, Qoʻshma xavfsizlik kelishuvi ikki davlat oʻrtasidagi umumiy chegaralarni himoya qilishda muvofiqlashtirishni oʻz ichiga oladi.
Bundan avval Eron va Iroq mudofaa vazirlari — Muhammad Rizo Ashtianiy va Tabet Muhammad Said al-Abbosiy xavfsizlik va chegaralar boʻyicha muzokaralar oʻtkazgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti qoʻshma korхonalarni ishga tushirdi va Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi
- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
- “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti. Ikkinchi kundan fotoreportaj
- Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali boʻldi
- Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring