Iqtisodiyotda yuqori oʻsish surʼatlarini saqlab qolish uchun makroiqtisodiy barqarorlik taʼminlanadi — Shavkat Mirziyoyev.

11:55 09 Sentyabr 2021 Siyosat
333 0

— 2023-yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 foizga tushiriladi. Davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foizdan oshmasligi taʼminlanadi.

Bevosita aholining talablari asosida yiliga 1,5 – 2 trillion soʻm mablagʻ joylardagi eng dolzarb muammolarni hal etishga sarflanadi.

Yangidan jalb qilinadigan yillik tashqi qarz miqdori 5 milliard dollardan, umumiy davlat qarzi esa yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizidan oshmasligi taʼminlanadi.

Kelgusi besh yilda 120 milliard dollar, shundan kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Mamlakatimizning eksport salohiyati 1,7 barobar oshirilib, 2026-yilda 30 milliard dollarga yetkaziladi.

Eksport tarkibida xomashyoning ulushi hozirgi 46 foizdan 23 foizga kamayib, tayyor mahsulotlar hajmi 2,5 barobar koʻpayadi.

Oʻz navbatida “Yashil iqtisodiyot”ni joriy qilish borasida kelgusi besh yilda:

- quvvati 5 ming megavattdan ortiq boʻlgan shamol, quyosh va gidro elektr stansiyalar ishga tushiriladi. Natijada, yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

- elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni ragʻbatlantirish boʻyicha, alohida dastur qabul qilinadi.

- kelgusi yilning oʻzida Toshkent shahri jamoat transportida 320 ta elektrobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

- “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi tashkil etiladi.

- iqtisodiyotning energiya samaradorligi 20 foizga oshadi, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hajmi 10 foizga qisqaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?