Iqlim oʻzgarishlari tufayli dunyo mamlakatlari xarajatlari 800 foizga oshgan

22:58 07 Iyun 2022 Dunyo
378 0

Foto: Reuters

Oxirgi 20 yil ichida insoniyatning iqlim inqirozi oqibatlariga qarshi kurashga sarflagan xarajatlari 800 foizga oshdi. 

Ochlik va tengsizlikka qarshi kurashuvchi nohukumat “Oxfam” tashkiloti butun dunyo boʻylab tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun xarajatlari halokatli darajada oshishi haqida ogohlantirdi.

2021-yilda ekstremal ob-havo BMTning gumanitar yordam soʻrovlarining 78 foiziga sabab boʻlgan. Ekspertlarning fikriga koʻra, birgina oʻsha davrda iqlim ofatlarining umumiy iqtisodiy zarari 329 milliard dollarga baholangan.

Soʻnggi besh yilda kambagʻal davlatlar 63 milliard dollardan 75 milliard dollargacha boʻlgan gumanitar yordam soʻrab murojaat qilgan. Biroq donor davlatlar bu mablagʻning deyarli yarmini – 35-42 milliard dollar ajratishga muvaffaq boʻlgan. Ekspertlarning fikricha, badavlat davlatlar global isish taʼsiriga koʻproq moyil boʻlgan kam rivojlangan hududlarni qoʻllab-quvvatlash uchun koʻproq masʼuliyatni oʻz zimmalariga olishlari kerak.

Qayd etilishicha, atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid gazi chiqindilarining atigi 0,1 foizi kambagʻal mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi. Dunyoning yirik iqtisodiyoti esa jami chiqindilarning 37 foiziga toʻgʻri keladi. Biroq, iqlim oʻzgarishining taʼsiri eng zaif davlatlarga eng koʻp taʼsir qiladi.

Oldinroq Hindiston global isish taʼsiridan qutulishning noodatiy usulini yoʻlga qoʻygani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mamlakatda jamiyat hayotidagi muhim voqealar — dafn marosimlari, toʻylar, bolalar tugʻilishi va boshqalar sharafiga oʻsimliklar ekish boshlandi. Loyiha koʻzlangan maqsad Hindistonning oʻrmon resurslarini saqlashga qaratilgan. Qayd etilishicha, loyiha doirasida faqat mahalliy oʻsimliklarni ekish mumkin. Chunki boshqa turlar ekotizimga zarar etkazishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?