Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish uchun dunyoga 1 trillion dollar kerak — BMT

22:56 12 Noyabr 2022 Dunyo
1251 0

Foto: Reuters

Iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlariga muvaffaqiyatli qarshi turish uchun jahon hamjamiyatiga 1 trillion dollar kerak boʻladi. Bu haqda BMTning 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini moliyalashtirish boʻyicha maxsus vakili Muhammad Muhiddin maʼlum qildi.

“Iqlim oʻzgarishi boʻyicha soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish uchun dunyoga 1 trillion dollar kerak”, dedi Muhiddin BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 27-konferensiyasida.

Uning soʻzlariga koʻra, avvalroq bu maqsadlar uchun 100 milliard dollar ajratish taklif qilingan edi. Ammo bu mablagʻ talab qilinadigan miqdorning atigi 10 foizini tashkil etadi. Avvalo, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish uchun moliyaviy yordam rivojlanayotgan mamlakatlar uchun zarur.

“The Guardian” shu haftada bir guruh olimlar BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 27-konferensiyasi oldidan kriosfera boʻyicha hisobotni eʼlon qilgani, unda Arktika oʻn yil ichida yoz mavsumida “nihoyat” dengiz muzini yoʻqotishi mumkinligini qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?