Ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam

17:15 02 Dekabr 2021 Siyosat
572 0

Arxiv surat

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda davlat rahbari uy-joy qurilishi va ipoteka tizimida hali oʻz yechimini topmagan koʻplab masalalar mavjudligini koʻrsatib oʻtdi. Bular:

— ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam. Xususan, Xonqa tumanida 5 mingta yangi uy-joyga talab boʻlsada, kelgusi yilda atigi 464 ta (talabning 9 foizi) uylar qurish reja qilingan;

— bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul boʻlgani uchun qiymati 255 milliard soʻmlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi;

— ipoteka uchun byudjetdan ajratilgan 1,1 trillion soʻm subsidiyadan 220 milliard soʻmi ishlatilgan, xolos. Respublika boʻyicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard soʻmdan ziyod subsidiyalar toʻlanmay turibdi;

— aholi tomonidan talab yuqori boʻlgan oʻrta meʼyordagi uylar boʻyicha quruvchilar bozorga yetarli taklif chiqarmayapti;

— uy-joy quriladigan massivlar roʻyxati tasdiqlangan boʻlsada, yer uchastkalari oʻz vaqtida auksionga chiqarilmagani bois, Toshkent viloyatida – 2,7 ming, Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo va Xorazmda – 1,5 ming xonadonli uy-joylar qurilishi boshlanmagan;

— viloyat hokimlari va ularning qurilish boʻyicha oʻrinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanmoqda.

“Buning salbiy oqibatlarini Jizzax misolida hamma koʻrdi”, deb taʼkidladi Prezident.

Oldinroq, 2022-yilda 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?