Internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitim tasdiqlandi

17:00 03 Oktyabr 2022 Siyosat
541 0

Foto: Illustrativ foto

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–385-son, 03.10.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2021-yil 12-noyabrda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik va turdosh huquq obyektlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish boʻyicha hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.

Adliya vazirligi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi shartnomani amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?