Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi

23:03 09 Aprel 2021 Jamiyat
3519 0

Internet ijtimoiy tarmoqlarda sal avval ikki nafar fuqaro tomonidan behayo qiliqlar va soʻzlar orqali navoiylik xotin-qizlar shaʼni tilga olingan videolavhaga tarqaldi. Viloyat IIB tomonidan ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.

"Xalqimiz azaldan ayollarni eʼzozlab kelgan. Xotin-qizlarimizni hamda munis onajonlarning hurmati shaʼni va qadr qimmati har doim yuqorida boʻlgan. Sal avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda betayin qiliqlar bilan koʻpchilikning haqli eʼtirozi va nafratiga sababchi boʻlgan ikki yigit navoiylik qizlarning shaʼnini bulgʻashga uringan holati aks etgan videolavha tarqaldi. Holatni zudlik bilan Ichki ishlar boshqarmasi oʻz nazoratiga oldi hamda gumonlanuvchi yigitlarning shaxsiga oydinlik kiritishga kirishishdi. Qisqa fursatlarda olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur fuqarolar Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi Sunnat Tojiyev hamda Behruz Bekpoʻlatov ekanligi aniqlandi. Holat 8-aprelda tungi soat 22:00 larda tasvirga olingan. Yigitlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan va ular qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini bildirishib navoiylik barcha xotin qizlardan uzr soʻrashdi. Qaniydi birgina uzr bilan qilingan xatoni tuzatish imkoni boʻlsa… Hozirda holat yuzasidan yigʻilgan materiallar qonuniy chora koʻrish maqsadida Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudiga yuborilgan.

Xalqimizda “Bitta tirraqi buzoq butun podani buzadi“ degan ibora bekorga aytilmagan. Oʻzining bemaʼni chiqishlari bilan viloyat aholisini haqorat qilishga uringan bu fuqarolarning ham opasi, singlisi va yoki turmush oʻrtogʻi ham mazkur jamiyat aʼzolari ekanini his qilishdimikan? Nima boʻlganda ham ularning bu harakati qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Sudning yakuniy xulosasi boʻyicha keyinroq batafsil maʼlumot beramiz” deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?