Institutda kichik quyosh elektr stansiyasi oʻrnatildi

13:18 28 Sentyabr 2022 Jamiyat
565 0

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimizda arzon va ekologik jihatdan samarali boʻlgan muqobil energiya manbalari isteʼmoli tobora kengayib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutida ham oʻquv binolaridan biriga oʻrnatilgan mini quyosh elektr stansiyasi quvvat bera boshladi. Loyiha ijrosi uchun ichki imkoniyatlar hisobidan 330 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Moʻjaz stansiya 57 ta quyosh panelidan iborat boʻlib, 30 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu institut IT-markazi joylashgan bino ehtiyojlarini toʻla qoplaydi.

— Dastlabki stansiya istiqbolli rejalarning boshlanishi, — deydi NamMQI bosh muhandisi Bahromjon Xolmirzayev. — Harakatlarimizni izchil davom ettirib yaqin vaqt ichida institutning boshqa binolari va talabalar turar-joylarini ham muqobil energiya bilan taʼminlashni koʻzlaganmiz.

Qudratilla NAJMIDDINOV,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?