«Inson-jamiyat-davlat» tamoyili asosida

14:01 28 Iyun 2022 Jamiyat
296 0

Foto: Xalq so‘zi

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimligida mahalliy Kengash deputatlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahallalar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida ayni kunlarda mamlakatimizda davom etayotgan muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishda keng jamoatchilikning faolligini taʼminlashga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

— Bunday tadbirlarda ishtirok etib, shunga ishonch hosil qilyapmanki, odamlarimiz konstitutsiyaviy islohotlarga aslo beeʼtibor emas, ayni jarayon haqida koʻproq bilishga, oʻz takliflarini bildirishga harakat qilishmoqda, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi Xolida Alimova. –— Aholi tomonidan Konstitutsiyamizning 13-moddasi, 26-moddasi va shu moddaga kiritilayotgan prim moddalar, shuningdek, shaxs qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, ishsizlikda, nogironlikda, boquvchisidan mahrum boʻlganda asosiy dastak boʻladigan 39-moddadagi oʻzgarishlarga alohida qiziqish bilan yondashyapti.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Negmatova soʻzga chiqib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartishlar «Inson-jamiyat-davlat» tamoyiliga asoslanishini haqchil misollar bilan atroflicha tushuntirdi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?