Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy tashkilotlarning Markaziy Osiyodagi tashabbuslari doirasidagi onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi

22:58 10 Avgust 2022 Jamiyat
343 0

2022-yilning 9-avgust kuni shu yilning noyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyodagi Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy tashkilotlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan mintaqaviy seminar arafasida Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar rahbarlari va Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari ishtirokida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy boʻlinmasi va BMT Taraqqiyot Dasturining Istanbul mintaqaviy idorasi tomonidan tashkil etildi.

Onlayn muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, Qozogʻiston Respublikasidagi Inson huquqlari boʻyicha vakili Elvira Azimova, Qirgʻiziston Respublikasi Ombudsmani Atыr Abdurahmatova, Turkmaniston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha vakolatli vakili - Ombudsmen Yazdursun Gurbannazarova va Tojikiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha komissari vakolatxonasi vakili ishtirok etdi.

Onlayn uchrashuv rejalashtirilgan mintaqaviy seminarning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish va tashkiliy masalalar boʻyicha fikr almashishga bagʻishlandi.

Taʼkidlanishicha mazkur seminar Markaziy Ombudsmanlarning Global alyans tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish va maqomini yangilash, BMTning inson huquqlari boʻyicha mexanizmlari va qator masalalarga bagʻishlanadi.

Uchrashuvda Ombudsmanlar tomonidan seminar kun tartibiga fuqarolarning murojaatlarini tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda samarali koʻrib chiqish, fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish jarayonida fuqarolik jamiyatining ishtirokini kuchaytirish, milliy preventiv mexanizm institutini takomillashtirish va aholining huquqiy xabardorligini yuksaltirish kabi mavzularni ham kiritish boʻyicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston tomonidan soʻnggi yillarda biznes va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani nuqtayi nazaridan mintaqaviy seminarga Markaziy Osiyodagi Tadbirkorlar huquqlari boʻyicha vakillar (Biznes Ombudsmanlar)ni ham jalb etish taklif qilindi va u seminar tashkilotchilari tomonidan maʼqullandi.

Uchrashuv iliq, doʻstona muhitda boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер