Inson huquq va erkinliklarini taʼminlash Oʻzbekistondagi islohotlarning eng muhim shartidir

Har qanday islohot negizida inson huquqlari va manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Chunki islohotlarning oʻzi inson huquqlari bilan chambarchas bogʻliq. Mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo qilishdek ezgu gʻoya amalga oshirilayotgan ekan, bu gʻoya tag-zaminida ham huquqiy demokratik jamiyatni yaratish, har bir fuqaroning haq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari mujassamdir.
Prezidentimizning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ham bu masalalarga katta eʼtibor qaratildi. Unda demokratik islohotlarimiz yangi Oʻzbekistonni bunyod etishga qaratilgan boʻlib, bu oʻzgarishlar hech qachon ortga qaytmaydigan tarzda davom etayotgani alohida aytib oʻtildi. Albatta, bu koʻpmillatli yurtimiz xalqini juda gʻururlantiradi, yangi-yangi marralar sari ilhomlantiradi.
Oliy minbardan Prezidentimizning 2030-yilgacha moʻljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashni koʻzda tutadigan “hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshirilishi xususidagi fikrlari hech bir kishi eʼtibordan chetda qoldirmaydi, deb hisoblayman. Shuningdek, gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan masalalar ham dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir soʻz bilan aytganda, Prezidentimizning Oliy minbardan turib, soʻzlagan otashin nutqi nafaqat mamlakatimiz balki dunyo xalqlari huquq va manfaatlarini taʼminlashda, erkin va ochiq jamiyat barpo qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlarga kuch bagʻishlashi tabiiy.
Hazratqul XOʻJAMQULOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring