Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi oʻrtasidagi Hamkorlik memorandumi imzolandi

10:08 12 Aprel 2021 Jamiyat
172 0

Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Shahlo Turdikulova va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Mamirjon Gʻaniyev oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat sohaga doir texnik yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan. Bunda soha uchun sunʼiy intellekt dasturiy taʼminotlarini ishlab chiqish, qonunchilikni mustahkamlash, turli egalik huquqiga ega obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini qoʻriqlashni taʼminlovchi ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlarni yaratish koʻzda tutilgan. Shuningdek, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga doir ilmiy loyihalar amalga oshiriladi.

Mazkur hujjatga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jismoniy va yuridik shaxslarga qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, sohada axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar mavzularini shakllantirish uchun takliflar beradi. Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorlikda shakllantirilgan mavzular boʻyicha vazirlik veb-saytida tematik loyihalar tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovga kelib tushgan loyihalar vazirlik huzuridagi tegishli ilmiy-texnik kengashlarda ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi. Moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar boʻyicha tadqiqotlar natijalari belgilangan tartibda amaliyotga tatbiq etiladi.

Ushbu imzolangan memorandum sohani yana-da yuqori darajaga koʻtarishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?