Innovatsion rivojlanish vazirligi hududiy boshqarmalari boshliqlari tayinlanmoqda

16:40 04 May 2021 Jamiyat
224 0

Innovatsion rivojlanish vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tayinlanmoqda. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati rahbari xabar berdi.

Kayupov Nursultan Sakenovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Nursultan Kayupov 1991-yili Nukus shahrida tugʻilgan. 2014-yili Toshkent davlat texnika universiteti bakalavriatini va 2016-yili Toshkent davlat texnika universiteti magistraturasini tugatgan. 2018-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtisodiyot real sektoriga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Naimov Azamat Xikmatovich Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Azamat Naimov 1993-yili Buxoro shahrida tugʻilgan. 2015-yil Buxoro davlat universitetining bakalavriatini va 2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasining magistraturasini tamomlagan.

2018-yili Germaniya Federativ Respublikasining Bremerxafen universitetining “Zamonaviy banking va investitsiya boshqaruvi” yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirgan. 2019-2019-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi fondi” hamda Germaniyaning “Sharqiy iqtisodiy qoʻmitasi” hamkorligida tashkil etilgan amaliyot dasturi asosida Germaniyaning “Schmitz Cargobull AG” kompaniyasida stajirovka oʻtagan.

Shu paytga qadar Buxoro viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?