Infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qogʻozlari joylashtirildi

15:57 21 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
505 0

Illustrativ foto

Joriy yilning 20-dekabr kuni ilk bor infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun ichki bozorda davlat qimmatli qogʻozlari joylashtirildi.

Auksion natijalariga koʻra, bozor ishtirokchilari tomonidan infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan umumiy hajmi 149,7 mlrd.soʻmlik muomala davri 5 yil boʻlgan davlat qimmatli qogʻozlari joylashtirildi. Ushbu davlat qimmatli qogʻozlarining oʻrtacha tortilgan daromadliligi yillik 18,08 foiz bilan qanoatlantirildi.

Ushbu joylashtirilgan davlat qimmatli qogʻozlari infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha quyidagi loyihalarga yoʻnaltiriladi.

1. Samarqand viloyati Samarqand shahri “Qorasuv” massivida 1 680 ta oʻquv oʻrinli yangi maktab qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu qurilishga davlat qimmatli qogʻozlaridan kelib tushgan mablagʻlarning 48,0 mlrd.soʻmi;

2. Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumani markazi “Yettitom” shaharchasi hududida tuman koʻp tarmoqli shifoxonasini qurishga 20,0 mlrd.soʻm;

3. Samarqand viloyati Samarqand tumani “Chumchuqli” mahallasi agrasanoat kasb-hunar kolleji hududida yangi teri tanosil kasalliklari dispanseri binosini qurishga 25,0 mlrd.soʻm;

4. Bektemir, Chirchiq va Gʻazalkent shaharlarini tutashtiruvchi 4R12 “Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining Chirchiq shahriga kirish qismida Chirchiq daryosi ustidan oʻtuvchi yangi zamonaviy koʻprik va avtomobil tonnelini qurishga 50,0 mlrd.soʻm yoʻnaltirilishi belgilandi.

Maʻlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6207-son Farmonining 2021-2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasining 37-bandida infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish vazifasi belginlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?