Indoneziya yangi poytaxt qurish uchun 2 milliard dollar ajratadi

22:38 15 Aprel 2022 Dunyo
703 0

Arxiv surat

Indoneziya yangi poytaxt qurish uchun taxminan taxminan 2 milliard dollar sarflaydi. 

Moliya vaziri Shri Mulyani Indravatining aytishicha, bu mablagʻ yangi shaharda asosiy infratuzilma, ofislar, maktablar va tibbiyot muassasalariga, shuningdek, xavfsizlik bilan bogʻliq xarajatlarga sarflanadi.

Avvalroq Indoneziya hukumati mamlakat joylashgan hududning  nomi sharafiga Nusantara deb nomlanadigan yangi poytaxt qurishni rejalashtirgani haqida maʼlum qilingan edi.

Jumladan, Prezident Joko Vidodo 2019-yilda saylovda gʻolib chiqqanidan keyin poytaxtni koʻchirishni eʼlon qilgan edi. Ammo koronavirus pandemiya sababli bu rejani keyinga qoldirishga toʻgʻri keldi. Endi ushbu kapital transfer 2024-yilda amalga oshishi mumkin.

Hukumat bu bilan tirbandlik, muntazam suv toshqinlaridan aziyat chekayotgan va yer osti suvlari tufayli dunyodagi eng tez choʻkayotgan shaharlardan biri — amaldagi poytaxt Jakartaga bosimni yengillashtirishga umid qilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, 10 million kishi istiqomat qiladigan Jakartaning ayrim shimoliy qismlari choʻkish tufayli yiliga taxminan 25 sm. suv ostida qolmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер