Imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.T.” oilaviy korxonasi rahbari K.T. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, hududiy tijorat banki filialidan tikuv dastgohlari va mato sotib olish uchun ajratilgan 8 mlrd soʻm kredit mablagʻlari evaziga shartnomada koʻrsatilgan uskunalarni olib kelmasdan, ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, juda koʻp miqdordagi kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.k.”, “G-M.» va “B.B.” MCHJlar rahbari G.M. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, AT “Xalq banki” Kuygan-yor filialidan ushbu MCHJlarga ajratilgan jami 2,2 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari hisobiga sotib olingan ishlab chiqarish dastgohlari va qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻymasdan, boshqa shaxslarga sotib yuborib, imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Kasbi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman hokimining “M.» MFY boʻyicha sobiq yordamchisi D.Z. va fuqaro A.Sh. oʻzaro til biriktirib, 4 nafar fuqaro nomiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan jami 130,6 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firibgarlik), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aziz Toshpoʻlatov Ichki ishlar vaziri boʻldi
- Eldor Shomurodov “Roma” klubining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
- IIV sobiq rahbari Poʻlat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
- Navoiyda 8-sinf oʻquvchisi farzandli boʻldi
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- “Tilimizga befarq boʻlmang!” Atamalar komissiyasi 30 ta xorijiy soʻz uchun oʻzbekcha muqobil taklif qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring