Imtihonga maxsus vosita olib kirmoqchi boʻlgan yana bir shaxs ushlandi

23:02 04 Noyabr 2022 Jamiyat
489 0

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, Oʻzbekistonga qaytgan fuqarolar uchun Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan maxsus test imtihoni qoidalarini buzish oqibatlari haqida ogohlantirilgan edi.

Shunga qaramay, roʻyxatdan oʻtgan fuqaro I.J. maxsus vositani testga olib kirishga uringanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Imtihon qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер