Import qilinadigan dori vositalari davlat tilida markirovka qilinishi shart

Isteʼmol upakovkasiga ega boʻlgan dori vositalarini import qilish davlat tilida majburiy markirovka qilingan holda amalga oshiriladi.
Import qilinadigan dori vositalarini markirovka qilish isteʼmol upakovkasiga (idishiga) isteʼmolchi uchun davlat tilidagi axborotni qistirma varaqa shaklida joylashtirish yoʻli bilan, upakovkasida qoʻshimcha markirovkasiz amalga oshiriladi.
Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qoʻyiladigan davlat tilidagi markirovkasi mavjud boʻlmagan taqdirda import qilinayotgan dori vositalarini ular Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin, bojxona omborida saqlash vaqtida, guruhli upakovkaga davlat tilidagi qistirmalarning tegishli birliklarini joylashtirish yoʻli bilan markirovka qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Dori vositalari markirovkasining davlat tilidagi matni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori-darmonlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring