Ilon Mask “Twitter” xodimlarini ishdan boʻshatishni rejalashtirmoqda

22:58 29 Aprel 2022 Dunyo
885 0

Illyustrativ foto

Yaqinda “Twitter”ni sotib olgan milliarder Ilon Mask kompaniyaning moliyaviy koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun ish joylarini qisqartirishni oʻylamoqda. Bu haqda “Bloomberg” oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Mask “Twitter”ni xarid qilish arafasida bankirlar bilan suhbatda umumiy xarajatlarni, xususan, ish joylarini qisqartirish gʻoyasini muhokama qilgan. Qayd etilishicha, tadbirkor uchun ishdan boʻshatish ikkinchi yoki uchinchi darajali masala hisoblanmaydi. Aytilishicha, muloqotda milliarder suhbatdoshlar eʼtiborini shunga qaratgan.

Nashr manbasining qayd etishicha, “Twitter”da ish oʻrinlarini qisqartirish gʻoyasi juda aniq ifodalangan boʻlsada, Mask kompaniyaning qaysi boʻlimlariga potensial ishdan boʻshatishlar taʼsir qilishi mumkinligi haqida aniq aytmagan.

Shuningdek, muloqotda Mask ijtimoiy tarmoqning moliyaviy samaradorligini oshirishning yana bir chorasi sifatida undagi kontentni monetizatsiya qilishning turli usullarini koʻrib chiqayotgani maʼlum boʻlgan. Ulardan biri pullik obunaning funksionalligini kengaytirish boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер