Ilon Mask tarixdagi eng boy odamga aylandi — “Forbes”

01:35 27 Oktyabr 2021 Dunyo
1312 0

Foto: Reuters

“Tesla”ning "Hertz Global Holdings Inc“ bilan elektromobillarni sotib olish boʻyicha kelishuvi fonida kompaniya asoschisi Ilon Mask tarixdagi eng boy odamga aylandi. Bu haqda ”Forbes" nashri xabar bermoqda.

Dushanba kuni moliya bozorlaridagi savdolar yakunida nashr tadbirkorning kapitalini 271,3 milliard dollarga baholagan, bu oʻtgan juma, 22-oktyabrdagidan 41,7 milliard dollarga koʻpdir.

Jurnalga koʻra, Mask avval hech kim zabt etmagan “hudud” — 300 milliard dollarlik chegaraga yaqinlashmoqda.

Masalan, “Forbes“ reytingida eng boy odam boʻlgan avvalgi tadbirkor — ”Amazon” asoschisi Jeff Bezosning eng koʻp boyligi 201 milliard dollarni tashkil etgan.

Avvalroq Ilon Mask tomonidan asos solingan "Tesla«ning bozor qiymati Nyu-York fond birjasidagi savdolarda 1 trillion dollardan oshgan edi.

Dushanba kuni “Hertz Global Holdings Inc“ ”Tesla” bilan 100 mingta elektromobil sotib olish borasida shartnoma imzolagan. Shundan soʻng Ilon Maskning kompaniyasi aksiyalari bahosi 9 foizga qimmatlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?