Ilon Mask bir hafta ichida 2,1 milliard dollarga boyib ketdi

13:04 27 Yanvar 2020 Dunyo
969 0

Foto: ixbt.com

Birja bozorida “Tesla” aksiyalarining narxi oshgani sababli uning asoschisi Ilon Maskning boyligi bir hafta ichida 2,1 milliard dollarga oʻsdi, deya xabar berdi “Bloomberg”.

Juma kungi savdolar natijasida tadbirkorning aktivlarining umumiy qiymati 33 milliard dollarni tashkil qildi.

21-yanvar kungi savdo maʼlumotlariga koʻra, “Tesla Electric Car Corporation” kompaniyasining kapitallashuvi oʻz tarixida birinchi marta 100 milliard dollardan oshgan.

Soʻnggi uch oy ichida kompaniyaning qimmatli qogʻozlari narxlari ikki baravarga oʻsgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?