Ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda

19:29 14 Sentyabr 2024 Jamiyat
455 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasiga muvofiq, kiritilayotgan yangi mexanizm asosida ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish boʻyicha quyidagi tartib joriy etilishi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti hisobidan ilm-fan xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida saqlanayotgan va bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazilgan ilmiy tashkilotlarning ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirilishi taklif etilmoqda:

birinchidan, ilmiy tashkilotlar tomonidan hisobot yilidan keyingi yil uchun ishlab chiqiladigan ilmiy-tadqiqot dasturlari yuqori turuvchi vazirlik va idoralar orqali Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi;

ikkinchidan, Agentlik tomonidan ilmiy-tadqiqot dasturlariga kiritilishi taklif etilgan mavzularning ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarga muvofiqligi, avval bajarilgan ilmiy-tadqiqotlarni takrorlamasligi va ilmiy tashkilotning faoliyat yoʻnalishiga mosligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi;

uchinchidan, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqot dasturlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kelishiladi va ilmiy tashkilotning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi;

toʻrtinchidan, bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazilgan ilmiy tashkilotlarning tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot dasturlari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirib boriladi.

Shuningdek, byudjet ilmiy tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar har yili Agentlikka keyingi yillarda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot dasturlari loyihasini koʻrib chiqish uchun kiritishi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan ilmiy-tadqiqot dasturlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kelishilishi va ilmiy tashkilotning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi taklif etilmoqda.

Mazkur islohotlar natijasida, Prezidentimiz tomonidan 2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi va Innovatsion rivojlanish strategiyasida belgilangan vazifalarning bajarilishi, Oʻzbekistonni 2030-yilga kelib Global innovatsion reytingida TOP-50 talikka kirishiga zamin yaratadi.

Farmon loyihasiga asosan taklif etilayotgan ilmiy tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etilishi, ilmiy hamjamiyat uchun amaliy ahamiyatga egadir.

Bu esa bir tarafdan ilmiy tashkilotlarga yoshlarni jalb etish, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi kadrlarni bandligini taʼminlash imkoniyatlarini ochib bersa, ikkinchi tarafdan, ilmiy tashkilotlarning iqtisodiyotga tutgan oʻrnini yaxshilash, raqobatbardosh ilmiy ishlanma va texnologiyalarni yaratilishi va ularni joriy etilishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер