Ilk bora tashkil etilgan “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi (fotojamlanma)

13:37 26 Aprel 2021 Madaniyat
967 0

Hanuzgacha oʻzbek bulbuli deya taʼriflanuvchi Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirovning ijodiy merosini aholi, ayniqsa, yosh avlodga keng targʻib etish, vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashabbusi bilan buyuk sanʼatkor, bugungi kunda ham koʻz oʻngimizda yosh timsolda gavdalanuvchi Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasiga bagʻishlab “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” respublika koʻrik-tanlovi eʼlon qilingan edi.

Koʻrik-tanlov 16 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan ijodkor yoshlar oʻrtasida joriy yilning fevral-aprel oylarida uch bosqichda tashkil etilib, tuman shahar bosqichlari 4 – 25-fevral kunlari, viloyat bosqichlari esa 9 – 18-mart kunlari oʻtkazildi.

Kuni kecha Madaniyat vazirligi binosida Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirovning xotirasiga bagʻishlangan “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Hakamlar hayʼatining qaroriga koʻra, koʻrik tanlov gʻolibligiga quyidagi isteʼdod egalari munosib deb topildi.

3- oʻrin sohiblari:

Mamadaliyev Kamron Ulugʻbek oʻgʻli (Namangan viloyati);

Jafarova Diyora Farxodovna (Samarqand viloyati);

Togʻayev Javoxir Uchqun oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati).

2 –oʻrin sohiblari:

Murodov Jamol Istam oʻgʻli (Buxoro viloyati);

Xakimova Malika Rustamovna (Toshkent shahri);

Eng yuqori ball toʻplab 1-oʻringa sazovor boʻlgan ishtirokchi esa Saydaliyev Umarshoh Iskandar oʻgʻli (Jizzax viloyati) deya eʼtirof etildi.

Eslatib oʻtamiz mazkur koʻrik-tanlov ilk bora tashkil etilmoqda.

Viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan ijodkor yoshlardan 50 nafari yakuniy respublika saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan edi. Tanlovda oʻrin olganlar taqdirlash marosimida mashhur xonandalar bilan duet kuylash baxtiga muyassar boʻldilar.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?