Ilk bor ogʻir ahvoldagi bemorning ekstrakaranial arteriyalariga endovoskulyar usulda stent oʻrnatildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi dunyoda erta oʻlim sabablari orasida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Xususan, ishemik insultga chalinganlarning katta qismi hayotdan koʻz yumishi yoki umrbod nogironlikka mahkum boʻlishi achinarli holat, — dedi Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi direktori oʻrinbosari Abdurasul Yulbarisov.
Shu bois bu xastalikning oldini olish, uni samarali davolash va ogʻir asoratlarini bartaraf etish zamonaviy tibbiyot oldidagi dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda. Chunki qator davlatlar klinikalarida uyqu arteriyalarida bajariladigan jarrohlik amaliyotlar soni minimal.
Bu omillar 2017-yilda yurtimizda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etilishi uchun asos boʻldi.
Markazning faoliyat yoʻnalishi miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini tatbiq etishga qaratilgan.
Bu yerda uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlar ilgʻor uslub va yuqori texnologiyalar asosida muolaja qilinmoqda.
Soʻnggi yillarda muassasada yangi amaliyotlar oʻzlashtirilmoqda. Jumladan, oʻtgan yili ilk bor surunkali bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligi 4 ta darajasida ishemik insult oʻtkir davrini boshdan kechirayotgan bir nafar bemorning ekstrakaranial arteriyalariga ilk bor endovoskulyar usulda stent oʻrnatildi.
Shuningdek, murakkab operatsiyalar viloyatlar darajasiga tushirilmoqda. Chunonchi, markaz tomonidan Fargʻona viloyatida ilk bor transkranial oksimetriya tekshiruvi amaliyotga tatbiq etildi. Natijada bemorlarda intraoperatsion insult xavfining oldi olish uchun imkoniyat yaratildi. Qolaversa, markazimizning Fargʻona mintaqaviy filialida ochiq usulda uyqu tomirlarida murakkab amaliyotlar oʻtkazildi.
Binobarin, Sirdaryo viloyatida 25 nafar, Toshkent viloyatida 30 nafar bemorda transkranial dupleks skanerlash tekshiruvi amalga oshirildi. Shu tufayli intrakranial arteriyalar anevrizmasini erta tashxislash yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring