Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi yanada takomillashtiriladi

17:32 10 Avgust 2018 Jamiyat
123474 2
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Oliy va o‘rta marta maxsus vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori muhokama uchun joylashtirildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bakalavr, magistr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma (to‘lov-kontrakt) asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishlari mumkin bo‘ladi.

Yangi qaror loyihasida oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlarga ham ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish imkoniyati beriladi. Abituriyent qabul komissiyasiga boshqa hujjatlar bilan birga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) taqdim etadi.

Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim kunduzgi, shuningdek sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Bunday huquqqa ega oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tavsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talab qabul kvotasidan ortiqcha bo‘lganda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan qo‘shimcha ravishda talabalar qabul qilishga ruxsat beriladi.

Kirish sinovlaridan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 7 nafar abituriyent muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi tomonidan ular o‘qishga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga tavsiya etiladi. Imtihonlardan 7 nafardan kam abituriyent o‘tgan taqdirda, ularning arizalariga ko‘ra kirish sinovlari bir xil bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga tavsiya etiladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi ta’lim shaklda o‘qish muddati – kamida 3 yil. Bunda, o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kursidan boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Nodir Temirov

Sherzod Zaripov (sherzod3212@mail.ru):

Bu qaror ma'qullansa yaxshi bo`lar edi. Man 2 yildan buyon o`qiyman deb harakat qilaman lekin grand asosida o`qiganim uchun hujjatlarim qabul qilinmayapti.

21:37   11.08.2018

Nodir Temirov

Mamur Babaev (tim.ff@inbox.ru):

Ikkinchi sirtqi oliy ta’lim kontrakt narxi qancha ekan? Va kirish sinovlari qaysi fanlardan o'tkaziladi?

16:58   13.08.2018

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер