Ikkiga ajralib qolgan mahalla

23:42 12 Iyul 2022 Jamiyat
780 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Tahririyatimizga Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Qizilsoy mahallasi fuqarolari nomidan murojaat kelib tushdi. Uni biroz tahrir bilan oʻz holicha eʼtiboringizga havola etamiz.

Foto: “Xalq soʻzi”

«Assalomu alaykum, “Xalq soʼzi” kanali. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Qizilsoy mahallasidan oʻtuvchi koʻprik avariya holatiga kelganligi tufayli bir mahalla ikkiga ajralib qoldi. Koʻprik taʼmirtalab ahvolga kelib qolganiga mana 5 oy boʻldiki, taʼmirlashdan darak yoʻq. Aholiga qiyinchiliklar tugʻilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan vakillar kelib koʻprikni berkitib ketishgach, mashinalar soy ichidan suv kechib oʻtishiga toʻgʻri kelmoqda. Kerakli tashkilotlar eʼtibor qaratsa yaxshi boʻlardi. Yoshu qarisi bor aholi tibbiyot punktiga mashinada borish uchun aylanma yoʻldan yurilsa, naqd 18 kilometr yoʻl bosishiga toʻgʻri keladi».

Murojaatda ilova qilingan foto va lavhalardan ham vaziyat jiddiyligi koʻrinib turibdi. Ushbu holatga viloyat mutasaddilari eʼtibor qaratishiga umid qilamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?