Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda ijobiy dinamika kuzatilmoqda

08:54 27 Oktyabr 2021 Siyosat
394 0

2021-yil 26-oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyandagon Majlisi Oli aʼzolari Umaralizoda Maqsudali Umarali, Rahmon Dilshod Safarbek bilan uchrashdi.

Muloqotda saylov komissiyalari aʼzolari tomonidan saylovga puxta tayyorgarlik koʻrilgani va saylovchilarning yuqori darajada xabardorligi qayd etildi. Ular bunga Xiva shahridagi kuzatuvlari davomida guvoh boʻlganini aytishdi. Bu saylovning ochiq va demokratik tarzda oʻtishini taʼminladi. Ovoz berish jarayonida barcha toifadagi fuqarolar, keksalar, jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan fuqarolarning saylov huquqlari taʼminlandi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida saylov uchastkalarida sanitariya meʼyorlariga rioya etildi. Senat qoʻmita raisi B. Sayfullayev mamlakatimizda milliy saylov qonunchiligini takomillashtirish, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishda ijobiy dinamika kuzatilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda doʻstlik va ahil qoʻshnichilik munosabatlarini chuqurlashtirish, amaliy ishlar samaradorligini oshirishning muhim mexanizmlaridan biri boʻlgan ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik va parlament tadqiqotlari muammolari instituti hamda Tojikistondagi tegishli parlament instituti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taklifi bilan chiqdilar.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?