Ikki oy muddatda 174 ta maxsus zonada kamida 250 ta yer maydoni auksionga chiqariladi

Foto: president.uz
Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bogʻliq masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda hokimlarning ajratilayotgan mablagʻlar hisobidan ish oʻrinlari yaratish boʻyicha rejalari qoniqarsiz ekanligi, bir hafta muddatda ushbu rejalarni ajratilayotgan mablagʻlarga mos ravishda qayta koʻrib chiqishga topshiriq berildi.
Umuman, viloyat hokimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 2 mingta yangi loyihani ishga tushirishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Viloyat hokimlari oldiga bu loyihalar hisobiga qoʻshimcha 110 mingta ish oʻrni yaratish, 17,5 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish, kamida 1 milliard dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratish vazifasi qoʻyildi.
Bundan tashqari, infratuzilmasi hal etilgan sanoat zonalarida 1 mingdan ziyod yangi loyihaga yetadigan yer maydonlari mavjudligi koʻrsatib oʻtildi.
Ikki oy muddatda 174 ta maxsus zonada kamida 250 ta yer maydonini auksionga chiqarib, loyihalarni boshlashga koʻrsatma berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring