Ikki nafar taekvondochimiz Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
Shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida osiyolik taekvondochilar uchun Tokio Olimpiadasi yoʻllanmalari uchun litsenzion turnir boʻlib oʻtmoqda.
Quvonarli jihati, musobaqaning dastlabki kunlarida ikki nafar hamyurtimiz Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritdi.
Jumladan, -68 kg vazn toifasida musobaqada qatnashayotgan 19 yoshli sportchimiz Ulugʻbek Rashitov bellashuvlar davomida moʻgʻulistonlik Natsagdoroj Achitkxuu, filippinlik Arven Alkantara, qozogʻistonlik Qayrat Sarimsaqov magʻlubiyatga uchratib, Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Ushbu musobaqada -67 kg. vazn toifasida bahslarda qatnashgan Nigora Tursunqulova hal qiluvchi bellashuvda qatarlik Maram Fatnassini magʻlub etib, Olimpiada yoʻllanmasiga ega boʻldi. Shu tariqa Nigora Tursunqulova oʻz professional faoliyati davomida ikkinchi marta Olimpiadada qatnashadigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring