Ikki nafar shaxmatchimiz FIDE Jahon kubogi 4-bosqichida, bu safar Abdusattorovdan sensatsiya
Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida davom etayotgan shaxmat boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi FIDE Jahon kubogi tobora qizgʻin tus olmoqda.
Jahon kubogining 1/32 final bosqichida yosh grossmeysterlarimiz Jahongir Vohidov, Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida oʻzlaridan ancha yuqorida turgan nomdor grossmeysterlarga qarshi munosib dona surishdi.
Jumladan, Javohir Sindarov ushbu bosqichda perulik Xorxe Korini 1,5:0,5 hisobida magʻlubiyatga uchratib, toʻgʻridan-toʻgʻri 1/16 final bosqichiga yoʻl oldi.
Nodirbek Abdusattorov esa fransiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri bilan ikkala partiyada ham durang oʻynadi. Bugun shaxmatchilar oʻzaro hal qiluvchi tay-brekda toʻqnash kelishdi. Unda Nodirbek dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri boʻlgan Anish Girini magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Jahongir Vohidov esa 1/16 final yoʻlidagi ilk bahsda rossiyalik Pavel Ponkratovni magʻlubiyatga uchratgandi. Ikkinchi partiyada esa Ponkratovning qoʻli baland keldi, yakuniy natija – 1:1. Tay-brekda ham Pavel Ponkratovga omad kulib boqdi va Jahongir ortga qaytadigan boʻldi.
22-iyul kuni boshlanadigan 1/16 final bosqichida Nodirbek Abdusattorov ozarbayjonlik Vasif Durarbayli bilan keyingi bosqich masalasini hal etsa, Javohir Sindorov jahon kubogining 1/8 finali yoʻlida polshalik Piroun Kasperning qarshiligini yengib oʻtishi lozim.
Eslatib oʻtamiz, musobaqalar joriy yilning 5-avgustiga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring