Ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vizasi bekor qilindi va Koreyadan chiqarib yuborildi

22:51 12 Avgust 2021 Jamiyat
452 0

Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda Ye-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun respublikamiz viloyatlarida tanlovlar tashkil etilib, muvaffaqiyatli oʻtganlar ishlash uchun joʻnab ketayotgani xabar qilingan edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha, shartnoma shartlarini buzgan fuqaroga katta miqdordagi jarima qoʻllanishi, Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi kabi huquqiy choralar koʻrilishi haqida takror va takror ogohlantirilgan.

Shunga qaramay yurtdoshlarimizdan ikki nafari shartnoma shartlarini buzganligi sababli ularning vizasi bekor qilinib, Oʻzbekistonga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?