Chiroqchida "Nexia"ning gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi ogʻir tan jarohati oldi

00:17 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
580 0

27-oktyabr kuni soat 13:30 da Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 19 yoshli I.N boshqaruvidagi toʻxtab turgan “Nexia” avtomobilida gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida haydovchi I.N va 18 yoshli yoʻlovchi Sh.S ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani IIB FVB va prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?