“Ikki yil mobaynida 7 ming yillik tarixga ega qoya toshlar tarixini oʻrganishga bagʻishlangan film suratga olinadi”

Navoiy viloyatida jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-tur mobaynida viloyatdagi turizm salohiyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Turizmni rivojlantirish viloyat boshqarmasi vakillari hamda viloyat hokimining turizm masalalari boʻyicha maslahatchisi anjuman ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berdi.
Xususan, Navoiy viloyati turizmni rivojlantirish boshqarma boshligʻi Javlon Hasanov, Navbahor tumanidagi 7 ming yillik tarixga ega qoya toshlarni oʻrganishga bagʻishlangan film suratga olinishi rejalashtirilgan “Qoyadagi muhabbat” nomli film haqida maʼlumot berdi.
"Nazar tashlasangiz, Sarmishsoy darasidagi koʻhna toshlarda oʻsha zamon odamlarining turmush tarzi koʻz oldimizda gavdalanadi. Toshlarda ov qilayotgan, chorvadorlik bilan shugʻullanayotgan odamlar tasviri aks etgan. Eʼtiborlisi, ushbu petrogliflar yetti ming yillik tarixga ega.
Maqsadimiz mana shu petrogliflar - qoya toshlarni xalqqa, dunyo ahliga batafsil tanishtirish va targʻib qilishdir."
Maʼlumot uchun, film birinchi ssenariyga asosan, “Qoyadagi muhabbat” deb nomlangan va u ikki yil mobaynida germaniyalik kino ijodkorlar bilan hamkorlikda tasvirga olinishi rejalashtirilgan.
Yulduz Oʻrmonova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring