Ikki hududda qariyb 450 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

17:49 21 Avgust 2025 Jamiyat
191 0

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angren shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Xabarda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari “Gulzor” MFY hududidagi koʻcha chiroqlari uchun oʻrnatilgan transformatorning hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatib 289 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh qilingan.

Shu kabi yana bir holat departamentning Oʻrtachirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ham aniqlangan.

Unga koʻra, fuqarolar B.A. va N.M. “Yangiobod” va “Yoriq” MFY hududlaridagi xonadonlarida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 159,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?