Ikki hududda 417 mln soʻmlik “svet” va gaz oʻgʻirlandi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahri boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda “T.S.” MCHJ masʼul shaxslari avtotransport vositalariga xizmat koʻrsatish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 311,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Buxoro tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “S.” xususiy korxonasi rahbari Z.Sh. “Mohi Xosa” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 105,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring