Ikki hududda 372,2 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi
Foto: Prokuratura departamenti
Ikki hududda jami 372,2 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qarshi shahrida U.D. “I.S.” MChJga qarashli “Qiziltepa” MFY hududidagi savdo do‘konida qalbaki aksiz markali turli nomdagi jami 1 791 dona alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda umumiy bahosi 51,2 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, “B.S.” MChJ rahbari Sh.A. “S.Sh.” MChJga qarashli Denov tumani “Nurli manzil” MFY hududidagi omborxonada 4 turdagi jami 11 697 dona umumiy bahosi 321 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring