Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari bir vaqtda eʼlon qilinishi aytildi

16:09 08 Avgust 2022 Jamiyat
805 0

Illustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon javoblari kechikishiga “Boylarning bolalari saralab olinyapti” degan mazmundagi xabarlar  tarqaldi.

Bu xabarlar haqiqatga mos kelmasligini va imtihon natijalari tez orada eʼlon qilinishini Prezident taʼlim muassasalari agentligi maʼlum qildi 

Xabarga koʻra, Qoraqalpogʻistondagi imtihonlar sanasi oʻzgarganidan va bu test sinovlari javoblari eʼlon qilinishi ortga surilishiga sabab boʻlishi oldin ham aytilgan.

Soʻngi imtihon kecha, 7-avgust sanasida boʻlib oʻtgani va Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023 oʻquv yili uchun kirish imtihonlari aynan 7-avgust kuni yakuniga yetgani haqida xabar berilgan.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari bir vaqtda eʼlon qilinadi, deyilgan agentlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?