Ixtirochilik yoʻnalishida yangi jamiyat tuziladi

16:10 12 Avgust 2022 Jamiyat
403 0

Illustrativ foto

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (440-son, 10.08.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilinadi.

Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish Jamiyatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

2022-yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrik-tanlov oʻtkaziladi.

Koʻrik-tanlov gʻoliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

1-oʻringa – BHMning 300 baravari (90 mln soʻm);

2-oʻringa – BHMning 250 baravari (75 mln soʻm);

3-oʻringa – BHMning 200 baravari (60 mln soʻm).

Mazkur mablagʻlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.

Koʻrik-tanlovlarda gʻoliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishgga ustuvorlik beriladi.

Gʻoliblar magistratura mutaxassisligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi granti hisobidan imtihonsiz qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?