IIV tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

02:31 22 Iyul 2021 Jamiyat
457 0

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib boʻyicha buyrugʻi bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Jaloldinov Rustam Zuxurdinovich Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar R.Jaloldinov shu yerning oʻzida IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, tezkor-qidiruv xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Vafayev Farxod Axatovich Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani IIB boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Vafayev Kogon tumani IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?