IIV Suriyada terrorchilik guruhiga qoʻshilgan fuqaroni qidiruvga berdi

12:46 21 Iyul 2021 Jamiyat
615 0

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-, 2442-moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida – 1970-yilda tugʻilgan Tadjiboyev Alisher Muxitdinovich qidirilmoqda. Bu haqda IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tadjiboyev Suriya Arab Respublikasida faoliyat olib borayotgan «Katibatul Tavxid val Jixod» terrorchilik guruhi tarkibida mahalliy hukumat qoʻshinlariga qarshi janglarda qatnashib kelmoqda.

Mazkur shaxs haqida biror bir maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolardan hududiy ichki ishlar organlari yoki 102 raqami orqali xabar berishlari soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?