IIV akademik litseylari va “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga ham imtihon 18-avgustda boʻladi

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari 2021-yil 18-avgust kuni 1-smenada boʻlib oʻtadi va 07:00 da boshlanadi.
Test sinovlari respublika boʻyicha quyidagi ochiq maydonlarda oʻtkaziladi:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;
- Andijon viloyati – Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);
- Namangan viloyati – 17-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;
- Fargʻona viloyati – Fargʻona davlat universiteti stadioni;
- Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;
- Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);
- Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;
- Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashgʻulotlar maydoni (2-sektor);
- Jizzax viloyati – “Soʻgʻdiyona” markaziy oʻyingohi futbol maydoni (1-sektor);
- Navoiy viloyati – “Kimyogar” oʻyingohi;
- Sirdaryo viloyati – Guliston markaziy oʻyingohi (1-sektor);
- Samarqand viloyati – Lokomativ markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol stadioni (1-sektor), Samarqand shahar 2-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi futbol maydoni;
- Toshkent shahri – Botanika bogʻi (1-2-3-sektorlar).
Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 06:30 dan kechikmagan holda kelishlari soʻraladi.
Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan taʼlim muassasasi tomonidan tarqatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring