IIBB Toshkentdagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal boʻyicha munosabat bildirdi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzib, janjal koʻtargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida oʻtkazilgan musiqa festivalida koʻplab musiqa ixlosmandlari yigʻilgan. Ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan.
“Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan toʻplangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida fuqarolar tan jarohati olgani haqida xabar kelib tushmagani maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring