II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali Nukusda boʻladi. Festivalni oʻtkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi

13:32 12 Aprel 2021 Madaniyat
804 0

“II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik koʻrish va baxshichilik sanʼatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021-yilda II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali Nukus shahrida oʻtkaziladi.

Festivalni Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada oʻtkazish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Festivalni joriy yilda oʻtkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?