II-Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali gʻoliblari aniqlandi 

02:23 21 Sentyabr 2021 Jamiyat
586 0

Joriy yilning 17-sentyabr kuni Nukus shahrida boshlangan II-Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining gʻolib va sovrindorlari aniqlandi. Quyida ular bilan tanishing:

“Festivalda milliy sanʼatini targʻiboti uchun” nominatsiyasi sovrindori — Timko Chichakovski (Makedoniya)
“Baxshichilik sanʼati festivalining yoshi ulugʻ ishtirokchisi” nominatsiyasi sovrindori — Drajik Bugarin (Serbiya)
“Xalqlarning qadimiy meros targʻibotchisi” nominatsiyasi sovrindori — Nusrat Ansariy (Hindiston)
“Ajdodlarning unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi sovrindori — Tolgaxan Tiktash (Turkiya).
“Baxshichilik sanʼati orqali doʻstlik rishtalarini tarannum etgani uchun” nominatsiyasi sovrindori — Talgat Urinbekov (Oʻzbekiston)
“Hayʼat aʼzolarining mehrini qozongan ishtirokchi” nominatsiyasi sovrindori — Mukimjon Kamolov (Tojikiston)
“Anʼanalarga sodiq baxshi” nominatsiyasi sovrindori — Qahhor Raximov (Oʻzbekiston)
“Muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasi sovrindori — Kelema (Madagaskar)
“Qadriyatlar davomchisi” nominatsiyasi sovrindori — Ravshan Mamatmuratov (Oʻzbekiston)
“Baxshichilik sanʼati jonkuyari” nominatsiyasi sovrindori — Bahrom Raximov (Oʻzbekiston)

Tanlov gʻoliblari:
3-oʻrin sohibi — Samad Kochobayev (Qirgʻiziston)
3-oʻrin sohibi — «Kaukasus» guruhi (Gruziya)
3-oʻrin sohibi — Xosseyin Geylan (Eron)
3-oʻrin sohibi — Baxshiqul Togʻayev (Oʻzbekiston)

2-oʻrin sohibi — Elmira Jangabergen (Qozogʻiston)
2-oʻrin sohibi — Mubariz Aliyev (Ozarbayjon)
2-oʻrin sohibi — Aleksey Xovalyag (Rossiya, Tuva)
2-oʻrin sohibi — Gulbahor Aximbetova (Oʻzbekiston)

1-oʻrin sohibi — Feruz Normatov (Oʻzbekiston)
1-oʻrin sohibi — Yuliana Krivoshapkina (Rossiya, Yakutiya)

Gran pri sohibi — Janibek Piyazov (Oʻzbekiston)

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlandi:
3-oʻrin — 1.250 AQSH dollari
2-oʻrin — 1.750 AQSH dollari
1-oʻrin — 5000 AQSH dollari
Gran-pri sohibi — 7000 AQSH dollari

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?