Iftorlikda qanday taomlanish tavsiya etiladi?

17:09 01 Aprel 2023 Jamiyat
749 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha eʼlon qilingan tavsiyalardan iftorlik dasturxoniga doir maslahatlar ham oʻrin olgan.

Xususan:

Iftorlik chogʻida sogʻlom va meʼyorida ovqatlanib, quvvatni toʻldirib olish muhim. Roʻzani uchta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning anʼanaviy va sogʻlom yoʻlidir.

Xurmo odam tanasidagi koʻplab aʼzolarning toʻgʻri faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydigan kletchatkaga boy ozuqa.

AQSHdagi Cornell University mutaxassislarining yozishicha, ovqatlanishdan oldin suv ichish tanani suyuqlik bilan oziqlantirishning eng yaxshi yoʻlidir.

Lekin roʻzani ochiboq birdaniga koʻp suv ichib yubormaslik lozim. Bu salomatlik uchun xavfli hisoblangan suv intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin.

Organizmni muhim vitaminlar va ozuqa moddalari bilan taʼminlash uchun iftorlik taomnomasiga koʻplab sabzavotlarni qoʻshgan afzal.

Shuningdek, organizmni quvvat va kletchatka bilan taʼminlaydigan donli (yanchilmagan va tozalanmagan) mahsulotlarni isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

Pechda yoki grilda pishirilgan yogʻsiz goʻsht, terisiz tovuq va baliq tanovul qilish orqali organizmingizni sogʻlom oqsillar bilan boyitishingiz mumkin.

Umuman olganda, yogʻ va shakarga boy, qovurilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlardan tiyilish kerak.

Iftorlikdan soʻng koʻp shirinlik yeyish tavsiya etilmaydi. Buning oʻrniga, suvga boy mavsumiy mevalar, jumladan, olma isteʼmol qilish foydali.

Iftorlik uchun JSST tavsiyalari:

— uyda pishirilgan sabzavotli shoʻrva;

— sabzavot va koʻkatlardan tayyorlangan salat;

— qiyma qoʻshilgan sabzavotli taomlar (qovoq, baqlajon, tok bargiga oʻralgan doʻlma);

— pechda pishirilgan tovuq.

Koʻp miqdorda suv ichish, taʼmni yaxshilash uchun taomga limon boʻlaklari va yalpiz qoʻshish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер