ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini koʻrsatish talab etilmaydi

11:46 16 Oktyabr 2021 Jamiyat
231 0

“Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (645-son, 15.10.2021-y.) qabul qilindi.

Mazkur qarorga koʻra, 2022-yil 1-martdan quyidagi xizmatlar YAIDXP orqali elektron shaklda koʻrsatiladi:

— Oʻzbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;

— chet davlatda Oʻzbekiston fuqaroligini tasdiqlash boʻyicha tegishli hujjatlar va maʼlumotnomalar olish;

— sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi maʼlumotlar olish;

— avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;

— jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.

Haydovchining yoʻl-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlari yonida boʻlmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.

Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:

— yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;

— transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi, transportga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

— transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi.

2022-yil 1-fevralgacha sugʻurta shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yagona axborot tizimiga toʻliq kiritiladi.

Qaror bilan, shuningdek, ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?