Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Doniyor Kadirov prezident maslahatchisiga oʻrinbosar boʻldi

00:17 30 Yanvar 2021 Siyosat
1467 0

Ulugʻbek Shuxratovich Tashxodjayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga Doniyor Baxtiyorovich Kadirov tayinlandi va shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?